ISTE’DODLI QIZ U bolaligidan she’r aytishga,raqsga tushishga,musiqaga juda qiziqadi.Bu qiziqish uni Chimboy tumanidagi 8- sonli bolalar musiqa maktabiga yetakladi.Musiqa maktabida xoreografiya va fortepiano to‘garaklariga qatnaydi.Xoreografiya to‘garagida ustozidan o‘zbek,qoraqalpoq va boshqa millat raqslarini o‘rgansa,fortepiano to‘garagi ustozidan fortepianoda har xil musiqalarni chalishni o‘rganmoqda.”Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan ”Iste’dodli fortepianochi” tanlovining “Havaskor” yo‘nalishi bo‘yicha Shaxtemir mahallasidan qatnashib,tumanda I o‘rin, Respublikada esa III o‘rinni egalladi.Maktabda o‘tkaziladigan tadbirlarda ham o‘zining raqs, she’r va yodlagan g‘azallari bilan faol qatnashadi.Shu bilan birga u qalam tebratib she’r ham yozadi.Bu iste’dodli qizimiz Qo‘chqorova Rayhona Jahongir qizi hozirgi kunda 38-sonli maktabining 6-A sinf o‘quvchisi.
Men shifokor bo‘laman Mening ismim Rayhona, Har kuni mashq qilaman. Katta bo‘lsam men,albat, Zo‘r shifokor bo‘laman. Tilagim bor yagona, Hech kim kasal bo‘lmasin. Ko‘zlarimiz darddanmas, Shodliklardan namlansin. Maqsadim yo‘lida men, Olimlarday bo‘laman. Katta bo‘lsam men,albat, Zo‘r shifokor bo‘laman.
Qo‘chqorova Rayhona Jahongir qizi 38-sonli maktabning Qoraqalpog‘iston a’lochisi, oliy toifali o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Shamuratova U.